Tuman rahbarlari tadbirkorlarga qasd qilganmi?
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Sharofiddin Lutfullayev, Jonibek Muqimov, Olim Xudoyqulov va Botir Xo‘jayev bronza medal bilan taqdirlandi.
Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi.
U musaffo davrlarimning xotirasi ongimda uyg‘onib ketdi.
Bo‘lajak kinokomediya haqidagi xushchaqchaq suhbat yarim kechagacha davom etdi.
“Huquqiy axborot” kanali uning mazmun-mohiyatiga qisqacha izoh berdi.
O‘zini jahongir hisoblagan yovqur hukmdor Nodirshoh yana menga ko‘z tikdi.
Bir kun eshonnikida katta va qizg‘in bir zikr bo‘ldi.
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning mamlakatimizga rasmiy tashrifi davom etmoqda.
Orziqul Hojini koridorning oxiridagi eshikka— o‘zining bo‘lmasiga boshladi.
Mazkur virus alomatlari bilan yuzlab odamlar shifokorlarga murojaat qilishmoqda.
O‘sha paytlar yetti-sakkiz yoshli bolakay edim.
Kuz unga hayot tamom bo‘lganini, ajal elchisi yo‘lda ekanini bildiradi.
Olis-olislardagi begona diyorlardan esuvchi to‘lqinlar seni ham men kabi aylantirsin!
Yangi birja tovarining boshlang‘ich narxi mahsulotning 100 kilogrammi uchun 600 ming so‘mni tashkil etadi.
Kechki payt telefonda vaziyatni ilmiy rahbarimga yaxshilib tushuntirdim.
Har yil bir keladigan bahor sevinchi yana ko‘ngillarni qitiqlay boshladi.
Ta’limning birinchi yili talabalar o‘zbek tilini o‘rganadi va kasb-hunar ta’limi dasturida yo‘nalish oladi.
Suxsurov baland, Yusuf undan pastroq xurrak tortmoqda.
Qishloq chetidagi masjid tomondan azon ovozi yangrab turardi.
Shaharning Toshkent viloyati sanoat hajmidagi ulushi 28 foiz.
Dalaning yovg‘on sho‘rvasi qorayib ketgan katta qozonlarda pishadi.
Tegirmon buning qo‘liga o‘tgandan beri yaxshi daromad beradigan bo‘ldi.
Kuppa-kunduzi ham bulutlar bag‘rida chaqmoqlar chaqnayotgani ko‘rinib turardi.
Rejissyorning peshonasi tirishayotganini ko‘rgan bozorqo‘m ko‘makka keldi, ammo odatiga ko‘ra yalang‘och bepisandlik bilan g‘udranib qo‘ydi.
Xizmatchi daftar-qalam keltirib, san’atkorning oldiga qo‘ydi.
Bahor fasli, tuproqning shirin hidi olamni tutgan, yerda chuchmoma, qoqigul, otquloq, yalpiz …
Bo‘yga yetib qolgan qizlarini maktabga yuborgan otalarga hayronman …
Qish sovuqlarida odamlar og‘zidan hovur chiqa-chiqa to‘y tomosha qilishadi.
Bu haqda Trabzon shahridagi namoyishda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aytib o‘tdi.
Anjumanda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo onlayn ravishda ishtirok etib, tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tollarning ko‘m-ko‘k sochpopuklari qizlarning mayda o‘rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi.
3 ta tumanni bog‘lovchi ko‘prik bunyod etildi.
U portlash paytida metroda bo‘lgan hamda voqeadan so‘ng aloqaga chiqmay qo‘ygan.
Son-sanoqsiz baxtli oilalar bor, ularning baxti ne ekani ko‘zga tashlanavermaydi.
Rayan deb ism qo‘yilgan chaqaloqqa ochilgan Instagram sahifasida 7000 kuzatuvchisi bor.
Bu tovush hammayoqni larzaga keltirdi.
Otam bu payt Oyshalarning Istanbuldagi uyiga ko‘chib bordi.
Avtobuslar harakatlanish uchun yagona jamoat transport turi bo‘lib qoladi.
Qaymoq bozorining burilishida mahkamaning boshida Ilhom samovarchining kattakon choyxonasi bo‘lib, unda grammofon chalinadi.
Barcha avtosalonlar avtomobillarni xaridorlarga berishni qayta tikladi va odatiy tartibda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Pekin shahrida O‘zbekiston va Xitoy aviatsiya hukumatlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Xitoyning AQSHdagi elchixonasi Pekin Rossiya yoki Ukrainaga harbiy yordam bermaganini yana bir bor ma’lum qildi.
Bir kuni cho‘ponlardan kimdir uni ko‘ribdi.
Miltiqlar taxt, otlar tayyor, lekin kimningdir qush olib kelishini kutishar edi.
Maydon markazida to‘pni egallab olgan vakillarimiz kombinatsiyalar evaziga hisobni ochdi.
Masalan, Rasul degan bir bolaning daftarida yaxshi otliq yomon otliqni quvib ketmoqda.
Dunyoning barcha davlatlarida sug‘urta faoliyati davlat tomonidan qattiq nazorat qilinadi.
Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko‘yga solyapti.
Ular koronavirusga chalingan bemorlarni qabul qilmaydi.
Machitning ichini, atrofini qaradim, odamlardan so‘roqladim– yo‘q.
Qizlar jonlantirish bo‘limida medikamentoz uyqu holatida, ikkovi ham apparatlarsiz mustaqil nafas olmoqda.
Bu xalqimiz, ayniqsa qishloq aholisining turmush darajasini oshirishga xizmat qilmoqda.
Unga na yonidagi odamlarning yolvorishi kor qilar edi, na kontrolyorning po‘pisasi.
Yugurish nafaqat vazn tashlashga, balki tana va qalb uyg‘unligiga erishishga yordam beradi.
Sanoati rivojlangan davlatlarda sug‘urtaning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 8-10 foizni tashkil qiladi.
Machit juma kunidan boshqa haftaning olti kunida ko‘chib ketgan hovliday bo‘sh bo‘lar edi.
Ota uni novvoyga shogirdlikka berdi.
Men tushunolmay turgan timsollar ko‘zimning o‘ngida qiymatli xazinalarga aylana boshladi.
U AQSHga Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilishda yordam bergani uchun minnatdorlik bildirgan.
Ziyoratchilarimiz uchun Makka va Madina shaharlarda yaratilgan shart-sharoitlar va boshqa qulayliklar haqida ko‘p gapirildi.
Abdulhakimning qiziga usta Mavlonning o‘g‘li bir hovuch mayiz berganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman.
O‘zbekiston terma jamoasining imkoniyati qanday?
Xazina egasining hurmati bois shunday uzun daxma qurilgan bo‘lsa kerak.
Savr oylarining uzluksiz yomg‘irlari ko‘katlarni qulog‘idan tortib chiqargan.
Bu yil 15 ta loyiha amalga oshirilib, yana 51 milliard so‘mlik quvvat tashkil etiladi.
Nihoyatda bo‘liq bir zamin tayyorladingiz.
Turobjon ikki kosa ichdi, xotini esa hanuz bir kosani yarimlatolmas edi.
Kolumbiyada maktab avtobusi 200 metr balandlikdan quladi.
Tuman tibbiyot birlashmasida mazkur tashabbus bo‘yicha donorlik aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Mirzaobod tumanida Sirdaryo viloyati iqtisodiyotini rivojlantirishga doir loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Anchadan keyin darchadan xira shu’la tushdi.
Video mashina oynasidan telefonga olingan.
Olimlar yolg‘izlikka mahkum bo‘larmikinlar?
Qirg‘oqqa yaqin yerda to‘rt qoziq ustida kattakon bir qayiq turar edi.
Qalandarov soyada o‘sganligidan tashqari, erkaroq rais ko‘rinadi.
Marg‘ilon bozorining beshik rastasi shinam choyxona bo‘lar edi.
Fan cho‘qqilari sari intilar ekanman, tegramda yana odamlar va voqealar jonlanardi.
Dala shiyponida qorovuldan boshqa hech kim yo‘q ekan.
Masalan, talabalar va kollej o‘quvchilari guvohnomalarini ko‘rsatsa, ularga 25 foizlik chegirma taqdim etiladi.
Hamidaning boshi og‘irlashib ketdi; ikki marta sekin, og‘zini ochmasdan esnadi.
Baykar kompaniyasi vakillari uning dafn marosimida qatnashgan.
Jiyanim meni tanishtirgandan keyin mehmonni mehmonxonaga olib bordim.
«Ijtimoiy fikr» markazining har bir soha bo‘yicha asosiy vazifalari belgilandi.
G‘o‘za qator oralarida muhabbat tarannumi yangraganiga hayron qolasiz.
Hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumi haqidagi qarorni 50 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, bir nafar parlamentariy betaraf qoldi.
Janubiy Koreya hukumati mamlakat prezidentiga tuhfa qilingan delikates qo‘ziqorinlarga javob tariqasida Shimoliy Koreyaga 200 tonna mandarin jo‘natdi.
Ba’zan hali tong yorishmasdan qushlar makon tutgan baland tepalik sari yo‘l olardim.
Avliyolarning darajalari mendan juda yuksakda ekanini qalbim sezadi.
Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.
Germaniyaning Bavariya federal yerida ikkita yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketishi oqibatida bir nechta vagonlar temir yo‘l izidan chiqib ketgan.
Tabiiyki, ushbu manzara hech kimga yoqqani yo‘q.
Axir, Inobat xursand bo‘lib emas, yig‘lab ketayotibdi-ku! ..
Daraxt shoxidagi qush polaponlari qo‘rqib chiyillashadi.
Bor-yo‘g‘i bir rayhon o‘stirish uchun biolog chaqirishga majbur, chunki tabiatdan bexabar.
Tom orqasida xo‘roz qanot qoqib qichqirdi.
Men o‘z o‘yimdan xijolatmanu, lekin domlani hamon zimdan kuzataman …
Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Internet tarmog‘ida yangi video aksariyat haydovchilarning e’tiborini tortgani aniq.
Maktabni bitirgach ham uning uchoqlarga bo‘lgan qiziqishi so‘nmadi.