Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Ha, olam uzra sochilib ketgan aziz kishilarning sanog‘ini Xudodan o‘zga hech kim bilolmaydi.
Yuzta qo‘y,, davlatimning yarmini bersam borasanmi?
Boshida kallik alomatlari paydo bo‘lgani muhim muammo ekanligini hamma ham tan ololmaydi.
Ko‘z oldi qorong‘ilashib ketayotgan Davronning yuragi hapriqib, ko‘ksiga sig‘may qolayotgandek edi.
Kelgusi mavsum uchun O‘zbekiston klublariga 1 + 2 shaklida yo‘llanma ajratilgan.
Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddilar hisobot berdi.
Toshkentda dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Yuragimga kirib kelgan u noma’lum tuyg‘ularni Tangrim ne uchun bino qildi?
Hamshira Mastura bilan uning eriga xabar bergani ketdi.
Qumribush kutilmagan bu gapdan oqardi, ko‘kardi, suvratdek qotib devorga suyalib qoldi …
Uzoq safarga ketgan kishilar qaytib kelishsa, yurt tuprog‘ini ko‘zga surishadi.
Ammo hamkorlik bu bilan to‘xtab qolmaydi.
Ulug‘ mutafakkir bobomiz ma’naviyat quyoshi sifatida millatimiz qalbida hamisha barhayot yashaydi.
Ularning axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini o‘rganishga qiziqishi ham buning yaqqol dalilidir.
Bog‘ markazida 15 metrli archa o‘rnatilmoqda
Shu kuni unga turmush o‘rtog‘i Nodira Haydarova va o‘g‘li Sharofiddin Daminov bilan uchrashuv tashkil qilib berilgan.
Yo‘q,, muhabbat mo‘jiza emas, buyuk qo‘rquvdir.
Direktorlar o‘qituvchilar bilan majlislar tashkillashtirmoqda.
Qolgan turlardan so‘ng futbolchilar bilan yangi shartnomalar borasida muzokaralar olib boramiz.
Bu holatga shifokorlar asab va stress holatlari alomati deb tashxis qo‘yishdi.
Halitdan o‘zingizni chet eldaman deb his qilmang!
Hazrati Xizrni qay tarz topish mumkinligiga o‘zimning aqlim yetmadi.
Tadbir doirasida yozuvchi, shoir va rassomlar bilan ijodiy suhbatlar bo‘lib o‘tadi.
Asqar ota borib sag‘ananing bosh tomoniga cho‘kka tushdi va baland ovoz bilan Qur’on o‘qidi.
Rejissor Rustam Meliyev tomonidan suratga olingan “ Maqsad ” filmining premyerasidan avval OAVlari uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Islom Karimov fermerlarning qishloq xo‘jaligidan qanday foyda ko‘rayotgani, yurtimizdagi yangilanishlar qishloq ahli hayoti va tafakkurida qanday aks etayotgani bilan qiziqdi.
Shu sababli, dronlardan faqat razvedka maqsadida foydalanilmoqda.
Biz u tomonga o‘tish uchun minimal shart-sharoitlarga ega ekanligimizga ishonamiz, ammo xavf juda yuqori.
Bu tadbirkorlikka amaliy ko‘mak berish imkonini beradi.
Hongkongda parlament saylovlari 4 yilda bir marta o‘tkaziladi.
Bugun Toshkentda MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi boshlanadi.
Bugun qardoshim Rajab Toyyib Erdo‘g‘on O‘zbekistonning oliy darajali Imom Al-Buxoriy ordeni bilan taqdirlandi.
Jumladan, Toshkentda terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan qator hujjatlar tasdiqlanishi kutilmoqda.
Ushbu savdo markazlari Mira prospekti, Dekabrchilar ko va Novoyasenevskiy prospektida joylashgan.
Perulik sudya Mario Gerra Bonifasio mamlakat sobiq prezidenti Alexandro Toledo va uning turmush o‘rtog‘i Eliane Karpni hibsga olishga order berdi.
Mazkur bahsda iqtidorli hujumchimiz Jasur Yaxshiboyev kiyevliklar darvozasiga uchta to‘p kiritdi.
Yordamchi murabbiy oldingi bahsni yaxshilab tahlil qildi va o‘z ko‘rsatmalarini aytdi.
Yana bir ayol shifoxonaga borish yo‘lida olamdan o‘tgan.
Hali tarixning eng fojiali tongi otmagan edi.
Nihoyasiz shu yo‘limda ketar ekanman, so‘qmoqda yana bir miskin uchradi.
Esingizdami, bir tola sochingizni olib ketgan edim.
Buxoro va Xorazm viloyatlarida yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi.
Majnunning boshiga ishq savdosi tushganida dashtga ketvorgan edi.
Sohibqiron tigʻi yetmagan joylarni Navoiy shu tilda zabt etgan.
Bir shoir bilan bir rejissyor kolxoz hayotidan kartina yaratmoqchi bo‘lishadi, kolxozga kelib bir yarim oymi, ikki oymi turishadi.
Shimoliy Koreya o‘zi uchun zarur bo‘lgan xorijiy valyutada daromad, Janubiy Koreya esa arzon ishchi kuchi olgan.
Qayerlardadir men ko‘rmagan-bilmagan voqealar ro‘y berayotganini sezib turardim.
OKMK ham O‘zbekiston kubogi sohibi sifatida o‘tish o‘yinlarida qatnashadi.
Qushlar patlarini tozalay boshlasalar, kun issiq keladi …
Chumoli kurmak donini yer tubidagi uyasiga tashib ketayotgani kuz erta kelishining alomati.
Sulolalar, nasllar o‘z borliqlarini mana shunday tarzda abadiyatga muhrlamoqdalar.
Tog‘li Qorabog‘dagi urushda ular hal qiluvchi rol o‘ynadi, chunki Ozarboyjon havoda ustunlikka ega edi.
Ushbu kitob aynan shu maqsadlarning ro‘yobini ko‘zlab yozilgan.
O‘zingga qiyin bo‘ladi: uchta bolang bor, qo‘lingda hunaring yo‘q …
Muzokaralar chog‘ida afg‘on xalqining o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi va o‘z kelajagini qurish huquqi yana bir bor ta’kidlandi.
Turkiylarning otlari uchqur, o‘zlari dovyurak edilar.
Nariroqda uning xotini, onasi va ikki-uchta qizalog‘i ham ko‘zga tashlanar edi.
Endi Abdulla Tangriyev bronza medali uchun kechadigan bahsda braziliyalik Rafael Silvaga qarshi kurashadi.
Tadbirkor keyingi yillarda Yaponiyadan 100 xil noyob gul navlaridan olib kelib, mahalliy iqlim sharoitimizga moslashtirdi.
Ispaniya kutilmaganda O‘rtayer dengizidan Italiyaga kirib kelayotgan muhojirlarni o‘ziga qabul qilish to‘g‘risidagi taklif bilan chiqqan.
Kichkina masjidning keng sahni odam bilan liq to‘lgan.
Ikkinchi jahon urushi uqubatlaridan endigina qutulgan xonadonlarning ko‘pchiligi juda qashshoq edi.
Sen mening yuragimga mador, qalbimga quvvat bo‘lib turaqol.
Chunki davlat sug‘urta tashkilotlariga bo‘lgan ishonch hamon yuqoriligicha qolmoqda.
11 - may kuni Frankfurt shahridan charter reys orqali 168 nafar yurtdoshimiz ham olib kelindi.
Saljuq Erdo‘g‘anning qizi Sumayyaga uylandi.
Vladimir Zelenskiy 10 - noyabr kuni Ukraina Qurolli kuchlari Ukraina janubidagi 40 dan ortiq aholi punktlarini ozod qilganini ma’lum qildi.
Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, noto‘g‘ri ma’lumot.
Burni doim qip-qizil, sochlari jangalak-patak, bilmagan hunari yo‘q, qo‘li gul odam edi.
12 yoshli Varya Kuznetsova prezidentdan Ukraina prezidenti Poroshenko va Turkiya rahbari Erdo‘g‘an haqida so‘ragan.
Ubay aka bizning qo‘shnimiz, baquvvat, yelkalari keng, ovozi qattiq kishi edi.
Bizda haqiqiy ijodiy qudratga ega bo‘lgan, bu qoliplarga kirmay ishlaydigan rejissyorlar chetlatiladi.
O‘zbekistonga aholini emlash uchun olib kelinadigan “ Sputnik V ” vaksinasining yarmini vatandoshimiz tadbirkor Alisher Usmonov moliyalashtirdi.
Bu haqda Tehron universitetining geofizika institutidagi seysmologik markaz xabar berdi.
Yana biri bomdod namozini Buxoroda, peshinni Tabrizda va shomni Ka’bada o‘qigan.
KXDR raisi Kim Chen In mamlakatda velosipedchilar uchun maxsus yo‘llar tarmog‘ini barpo etishga ko‘rsatma bergan.
Mazkur o‘quv-mashg‘ulot seminari milliy sportimiz kurashning Yevropa qit’asida yanada ommalashuviga xizmat qiladi.
Ufq ummon bilan qo‘shilib ketgani uchun chegarasini ilg‘ab bo‘lmaydi.
Ammo toliblar bu yerni olish uchun o‘z kuchini safarbar qilmoqda.
O‘g‘limning o‘zi hushyor bola, g‘alati-g‘alati paytlarni topgan bo‘lsa kerak.
Voqea Chenchjou shahar okrugidagi Susyan tumanida taxminan soat 17.50da yuz bergan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169 - moddasi 2 - qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eronda non narxining ko‘tarilishi norozilik namoyishlariga sabab bo‘ldi va natijada ba’zi do‘konlar yoqib yuborildi.
Keyinroq bu ayol komaga tushgani va shifokorlarning xulosasi xato ekani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda bunday kishilarga 85 ta faoliyat turi bilan shug‘ullanishga ruxsat berilgan.
Valijon Umarov teatr uchun qilgan mehnatlari evaziga nima ko‘rdi?
Maktabda shunaqa narsalarni o‘rgatmasa nimani o‘rgatadi?
Putin o‘z ma poytaxtning ko‘chirilishi bo‘yicha zarur tadbirlarni amalga oshirishni buyurgan.
Oradan ko‘p o‘tmay choyxo‘rlardan biri qiziq bir gap topib keldi.
Asosiysi, bu jarayonda xorijda katta obro‘ - nufuzga ega o‘zbekistonliklarning shaxsiy tajribasi inobatga olinadi.
Ammo men kelguncha seni yolg‘iz tashlab ketmasin.
Toshlardan qurol, daraxt shoxidan yoy yasashni kashf qilib olishgan.
Butun tabiatni zavqu shavqqa to‘ldirib yuborgan edi bahor.
Haligi kishi o‘sha joylarni shoshilmasdan aylanib yurganga o‘xshaydi.
Baqalar nag‘masi yanada avjiga chiqdi.
Toshbaqa bilan tuxum ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Akramjonni bir nav quchoqlagan bo‘ldim,, juvonga esa qo‘limning uchini berdim.
Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi.
Yigitlar javob bermadilar va qorong‘ilik quchog‘iga kirib yo‘q bo‘ldilar …