Ammo ushbu mahallada ham ayrim hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar mavjud.
Qoracha yuzida odamga lop etib ko‘rinadigan narsa shu ko‘zoynak.
Parizoda to‘ng‘ich qizi E’zozaning tug‘ilgan kunini nishonladi.
Samarqand viloyatida o‘tkazilgan ommaviy qabullar doirasida sud majlislari ham tashkil qilindi.
Bu odam hayoti dunyoning sirlariga yetaman deb ko‘p urindi.
Hayotda ba’zan shunday ishlar bo‘ladiki, yechishga bandasining aqli yetavermaydi …
Kampir tong qorong‘isida xamir qilgani turib ho‘kizidan xabar oldi.
Yig‘ilishda mutasaddilar sohadagi chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan hisobot berdi.
Shu paytga qadar tumanimiz bo‘yicha 100 kilometrlik zovurlar tozalandi.
Modernizatsiya– zamonaviylashish, ochiqlik, islohotchilik va zamonga hamohang yashash ma’nolarini bildiradi.
Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarisiz insonlar hayotini tasavvur qilib bo‘lmaydi va ularda axborot so‘z erkinligi ta’minlanmoqda.
Odam bo‘lish qanaqa, o‘zi?
Ari qanotini ko‘tarib ketayotgan chumolining mitti ko‘ziga tikilardi.
Hayot hikmatlari turmushning o‘zi kabi oddiy.
Germaniyaga qarshi yomon o‘ynamagandik.
Barcha ulkan kashfiyotlar oddiy hodisalar zamirida yotishini bilardi.
Yo‘q,, ellikboshimiz Rahmonxo‘jaga xo‘rozni olib borib bergan edim, ishni bosdi-bosdi qilib yubordi.
Men sizga aytsam, mulla Norqo‘zi,, gap paranjida emas.
Bobom– mosh-guruch soqolli, yuzi ajinlarga to‘la, barvasta qariya edi.
Salom, Hamrobuvi xola, yaxshimisiz?
Aviahalokat oqibatida 15 nafar odam, xususan, samolyot komandiri halok bo‘ldi.
Bolalarni hech qayoqqa yuborgim kelmaganining sababi shu.
Ularni aeroportdagi rentgen apparatlari aniqlashi mushkul va xavfsizlik xizmatlarida shubha uyg‘otmaydi.
Unda ekspertlar guruhi tanlovning 13 nafar g‘oliblarini aniqlaydi.
Qarg‘alarning qag‘illashi G‘anijonga sovuqni va yo‘l bo‘yida o‘tirib qo‘lini ko‘targan haligi kishini eslatdi.
Nega ma’lum qilmadingiz, ayangizning ko‘zlagan qizlari bormi?
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 - iyul kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Paxta bayramini yor-jo‘ralar bilan Guliston rayonida o‘tkazdik.
Yomg‘irlar, asosan, qisqa muddatli bo‘lib, momaqaldiroq bo‘ladi va shiddatli shamol esadi.
Agar« Tolibon» qo‘mondonlari hujum uyushtirishsa, ular, albatta, bizning qattiq qarshiligimizga duch kelishadi ...
Ro‘yxatning jiddiy kamchiliklari haqida gapirar ekanmiz, avtorning mehnatga noto‘g‘ri munosabatini alohida qayd qilmasdan o‘tolmaymiz!
Asfalt yo‘lkalarning ikki yonida gulzorlar, yashil o‘rindiqlar, qisqasi, bemorlar uchun so‘lim sayrgoh.
Bular qumtepadan tushib, talay yo‘l yurguncha ham jim borishdi.
2020 - yil davomida milliy valyutaning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi yil boshiga nisbatan 10,1 foizga qadrsizlangan.
Taomlar bari shirin, mazali, ammo oz.
Tashrif doirasida Pamela Spratlen Samarqand davlat universitetiga borib, rektor Olimjon Xolmuhammedov bilan uchrashdi.
Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida Samarqandga kelgan davlat rahbarlarining rafiqalari uchun maxsus ko‘rgazma tashkil etildi.
AQShga smartfonlar yetkazib berish bo‘yicha 4 - raqamli kompaniya hisoblanuvchi ZTE jarima sifatida 892 mln dollar to‘lab beradi.
Xon talay vaqtdan keyin hushiga kelib ko‘zini ochdi va o‘zini o‘z hujrasida ko‘rdi.
O‘choqda tinmay o‘t yonadi, gohida sandal quriladi.
Tilni yaxshi bilganim uchun meni bir ovropalik savdogar ishga oldi.
Onasining ko‘m-ko‘k ko‘zlari mehrdan porlab turardi.
Qayiq ostidagi bahaybat sharpa hanuz ilgarilaydi.
Bir mahallar uning bag‘ri qaynoq, quyoshi jazirama, suvi kumush, o‘zi g‘oyat saxiy edi.
Dengiz shu qadar buyukligi bilan hamma vaqt qirg‘oqlardan yengiladi.
Mangkhut to‘foni shahar taraqqiyot rekordlarini o‘rnatishni boshlagandan beri kuzatilgan eng kuchli tabiiy ofat bo‘ldi.
Bu holat aholisining qo‘shni mahalla yoki uzoq masofadagi bog‘chalarga qatnashiga sabab bo‘lmoqda.
— Yolg‘izlikning o‘zi bir tutqunlik emasmi?— dedi Samijon kulib.
Jang to‘liqligicha Bahodir Jalolovning ustunligi ostida kechdi.
Kompaniya qarorga bo‘ysunishdan bosh tortgan.
Shamol hamon guvillar, yaydoq daraxtlarning shoxida chiyillar, g‘uvillar edi.
Elektr energiyasi uzilishi birgina Argentinaning o‘zida 48 million kishiga ta’sir ko‘rsatgan.
Yusuf avvaliga nima gapligini anglamadi, keyin oyoqlari beixtiyor uni bola ko‘rsatgan tarafga surgadi.
Bozorda sanqib yurgan biz daydi bolalar uchun quvonchli ermaklardan biri bozor, mahalla, ko‘cha-ko‘y jinnilari edi.
Iroqda yuz bergan qum bo‘ronlari oqibatida 5 mingdan ortiq odam shifokorlarga murojaat qildi, bir kishi vafot etdi.
So‘z, til benihoya buyuk qudratdir.
— Ha, bu kishining xotini mayiz yemagan!
Xayol hozir qadrdon ota uyimni, nimalargadir urinib yurgan onaizorimni yaqqol gavdalantiradi.
Barcha istovchilar qandli diabet bo‘yicha zarur maslahat va tashxis yordamini olishdi.
Uyqusizlik ko‘pincha depressiya alomatlarini kuchaytiradi va uxlashni qiyinlashtiradi.
Savdo-iqtisodiy munosabatlarning barqarorligini ta’minlash barchamizning ustuvor vazifalarimizdan biri hisoblanadi.
Ushbu nizomga haydovchilarning alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlash tartibi kiritildi.
Avvalroq, Toshkent moliya institutida masofaviy ta’lim platformasi ishga tushirilgani haqida xabar berilgandi.
Qutbiddinovga ovchi oshnasi ikkita tustovuq in’om qildi.
Tender savdolari 2020 - yilning birinchi choragida e’lon qilinishi mumkin.
Bu yerda ham gap hayot haqida ketmayaptimi?
Shuncha ziyrakliging bilan nahot shuni payqamasang!
Bizlar hayotda tosh kelsa kemirib, suv kelsa simirib yashadik.
Nahotki u insoniy munosabatlardan ustun bo‘lsa?
Ushbu hadisda ro‘zador saharlik qilishga targ‘ib qilinadi.
Qishloq katta emas, ammo har hovlisidagi manzara o‘xshash.
Nosirov qabulxonada hurmat yuzasidan o‘rnidan turgan yordamchisi— yigirma ikki yoshlardagi baland bo‘yli, xushqomat, juda nozik qizga salom berib, kabinetiga kirib ketdi.
Ilk bolalik chog‘larim oilamizning to‘kin-sochin davriga to‘g‘ri keldi.
Agar deputatlar bir qarorga kela olmasalar, unda ularga nomzodlardan biriga ovoz berish imkoniyati beriladi.
Ammo Suriyadagi o‘n yillik urush tufayli gaz quvurlari va nasos stansiyalari o‘z faoliyatini to‘xtatgan.
Dastlab noqonuniy qurollangan jangarilar guruhi aniqlangan hudud havodan razvedka qilindi.
O‘zbekiston xalq artisti Mirhosil To‘ychi Oripov 12 - iyun, juma kuni 91 yoshida vafot etdi.
Samarqandda viloyat epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Odam cho‘kishni ixtiyor qilgan bo‘lsa, uni qutqarishning imkoni yo‘q.
Chunki Razzoq so‘fining mijozini ularning ikkalasi ham yaxshi bilardi.
Markaziy Kengash binosida muntazam tarzda dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Postga bildirilgan izohlarda ham turli fikrlarni o‘qish mumkin.
Epidemiya davrida vaziyat har tomonlama o‘rganib chiqildi.
Tabibning mo‘jizakor talqoniga men ham tan berdim.
Qiyofa har yetti avlodda bir qaytadi.
O‘zbekiston muftiysi Usmonxon Alimov hazratlari ham bugun bizning oramizda fayz bag‘ishlab o‘tiribdilar.
Men bilan Oysha onamga, akam esa ko‘proq otamga o‘xshardi.
Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida joylashgan “Toqtogul” suv omborida suv sathi kamayib bormoqda.
Chang bosgan yaproqlar yoqimli shitirlab, tuproq hidi anqidi.
Trubkadan kelayotgan ovoz, shubhasiz, Hokim To‘rayevichniki edi.
Daryo bo‘ylab kelayotgan bir yigitcha ular orasidan oltin yombi topib oldi.
46 yoshli mutaxassis bunga qadar« Mahalla» xayriya fondining Toshkent shahar bo‘limiga boshliq vazifasida ishlab kelayotgandi.
Moskvaning barcha yo‘lovchi yuradigan ko‘chalari va hududlari Wi-Fi bilan jihozlanadi.
Oriyati bor odam erdan chiqqan xotinga oshiq bo‘ladimi?
O‘zi keksaroq bo‘lsa ham hali baquvvat, girdig‘um gavdasiga chog‘ ketmon obdon yarashib turibdi.
Mana shunday o‘ylar bilan hayot kechiradi Bibi Salima.
Yomg‘ir ostida daraxt shoxiga chiqib olib, osmonga qarab qichqirgim keladi.
Beshikdagi bolasi ham chetiga bayt yozilgan chinni kosada osh ichadi.
Tashrif davomida elchi Samarqand tarixiga bag‘ishlangan “Afrosiyob” muzeyini ham borib ko‘rdi.
O‘tgan yilda tovar ayirboshlash 44 foizga, joriy yil yetti oyida yana 12 foizga oshdi.